Jamiyat | 09:39 / 03.08.2017
4294
1 daqiqa o‘qiladi

Politico: Tsukerberg Klinton prezidentlik kampaniyasining bosh strategini ishga yolladi

Facebook kompaniyasi asoschisi Mark Tsukerberg va uning rafiqasi Pristsilla Chan maslahatchi sifatida Hillari Klinton prezidentlik kampaniyasining bosh strategini yolladi. Bu haqda Politico nashri o‘z manbalariga asoslangan holda yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, Joel Benenson jamoat fikri masalalari bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. U, shuningdek, AQSh prezidenti Barak Obamaning asosiy maslahatchilaridan biri edi. 

Benensonga tegishli kompaniya «Chan Zuckerberg Initiative» jamg‘armasi uchun tadqiqot o‘tkazadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid