Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘y kortejiga hamrohlik qilgan vertolyot kimga tegishli ekani aniqlandi
2 avgust kuni "Chimkent-Toshkent" trassasi bo‘ylab harakatlangan to‘y korteji va unga vertolyot hamrohlik qilgani haqida xabar bergan edik. Ma'lum bo‘lishicha, bu harakatlar Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi G‘arbiy Yevropa - G‘arbiy Xitoy trassasida kuzatilgan. Bu haqda neft ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan birida Aviatsiya bo‘limi boshlig‘i Kuanish Musayev xabar berdi. Uning aytishicha, lavhada namoyon bo‘lgan vertolyot yarim soat muddati 275 ming tenge qiymatda ijaraga olingan. Musayev uning kompaniyasi bunday xizmat turlarini yaqinda boshlagani, qo‘shimcha daromad topish maqsadida yo‘lga qo‘yilgani haqida gapirib berdi.
"Bizning aviatsion xizmatlarni taqdim qilish uchun ruxsatnomamiz bor. E'lon bo‘yicha bir kishi murojaat qilgan edi, belgilangan mablag‘ni to‘ladi. Ko‘rinishidan do‘stlari bilan yig‘ilishib uchmoqchi bo‘lgan. Biz ularga tog‘lar, yaxshi joylarni ko‘rsatdik. Ular manzilga qaytish chog‘i kortej ustidan uchib o‘tishni iltimos qilishdi”, - deydi Musayev.
"Atrofda cho‘l, keng yo‘l, mashinalar soatiga 60 km tezlikda harakatlanmoqda. Vertolyot uchib o‘tib qo‘nish maydonchasiga yetib keldi, uning bortida esa kelin-kuyov va ularning to‘rtta do‘stlari bor edi”, - deydi tadbir tashkilotchisi.


Kuanish bundan keyin ham kompaniyaning bu xizmati davom etishini bildirdi. Mahalliy politsiya esa tartib qoidalar buzilmaganlik holatini o‘rganib chiqmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
11:22 / 23.03.2026