Jahon | 09:27 / 04.08.2017
2483
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh senati mamlakatning NATOdagi yangi doimiy vakili nomzodini tasdiqladi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh kongressining yuqori palatasi Texas shtatidan sobiq senator Key Beyli Xatchinson nomzodini Qo‘shma Shtatlarning NATOdagi yangi doimiy vakili sifatida tasdiqladi. Bu haqda The TexasTtribune xabar bermoqda.

«Key har doim texasliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelingan va muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini yaxshi biladi», - degan senator Jon Kornin.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Xatchinson katta tajriba, qat'iylik va vazmin fe'l-atvorga ega bo‘lib, bu Vashingtonga jahon arenasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yordam beradi.

Key Beyli Xatchison 1993-2013 yillar davomida Texas shtatidan senator bo‘lgan.

Key Beyli Xatchison. Foto: CQ Roll Call

Avvalroq AQSh 2018 yilda NATO doirasida 11 ta yirik mashg‘ulot o‘tkazishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid