Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon’da Tramp tvitlari tushirilgan hojatxona qog‘ozi paydo bo‘ldi
Foto: AFP 2017 / Jim Watson
AQSh prezidenti Donald Trampning tvitlari tushirilgan hojatxona qog‘ozi Amazon onlayn-riteylerida sotuvda paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Washington Examiner nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qog‘ozga tushirilgan tvitlar orasida Tramp prezident bo‘lgunga qadar yozgan tvitlari ham bor.
Ushbu hojatxona qog‘ozining bir o‘rami narxi yetkazib berish bilan 11,99 dollarni tashkil qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 4 avgutning birinchi yarmida Amazon ushbu qog‘ozni o‘zi sotmaslikka qaror qilgan va uni uchinchi shaxslar orqali sotib olishni taklif qilgan.
Ta'kidlanishicha, Tramp Amazon prezidenti va The Washington Post nashriga egalik qiluvchi Jyeff Bezosni bir necha marotaba tanqid qilgan. Tramp Bezosga qarashli nashrni "yolg‘on yangiliklar"ni yaratishda ayblagan va Bezos riteylerni soliqlar oshishidan himoya qilishda gazetani qo‘llashini aytgan.
Avvalroq Trampning Meksika nomiga aytgan so‘zlaridan ranjigan meksikalik tadbirkor yaqin orada bozorga "Tramp" markasi ostida hojatxona qog‘ozini chiqarmoqchiligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020