Jahon | 13:52 / 04.08.2017
5243
1 daqiqa o‘qiladi

Kamboja bosh vaziri nabirasining AQSh fuqaroligini olishiga qarshi chiqdi

Kamboja bosh vaziri Xun Senning ma'lum qilishicha, u AQShda tug‘ilgan 14 yoshli nabirasi Amerika pasportini olishini istamaydi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

«Hozirda nabiram uchun AQSh fuqaroligidan voz kechish yo‘llarini qidirmoqdaman, sababi, ehtimol, AQSh qator davlatlar bilan urush boshlaydi va mening nabiramdan amerikalik askar bo‘lishni talab qiladi», - deya ma'lum qildi Sen.

Ta'kidlanishicha, bosh vazirning Vashington bilan munosabatlari ancha chigal bo‘lib, u Qo‘shma Shtatlarni o‘zining siyosiy raqiblarini qo‘llab-quvvatlashda gumonlaydi. Shu bilan birga, Sen Amerika rahbari Donald Trampga ijobiy munosabatda.

Avvalroq Britaniyalik xonanda Tramp obrazini yaratgani tufayli AQShdan deportatsiya qilingani xabar berilgandi.

Mavzuga oid