Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” loyihasini amalga oshirdi
O‘zbekiston va Rossiya bojxona idoralari “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” loyihasini amalga oshirish maqsadida davlatlar o‘rtasida harakatlanuvchi tovar hamda transport vositalari to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumot almashish bo‘yicha axborot sohasidagi o‘zaro aloqalarni sinovdan o‘tkazish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashdi.
“Yashil yo‘lak”ni yaratish bo‘yicha loyiha Rossiya Federal bojxona xizmati va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2016 yilning 30 dekabridagi tovarlar va transport vositalarini harakatlanishida bojxona amaliyotlarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va RF bojxona xizmatlari bo‘linmalari odatiy dasturiy vositalarni yaxshilash va sozlash bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirishdi hamda doimiy asosda axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishdi.
Loyiha ikki mamlakat kompaniyalariga ma'lum shartlarga rioya etilgan holda, mamlakatlar o‘rtasida harakatlanuvchi tovarlarning alohida turkumlariga nisbatan bojxona amaliyotlarini amalga oshirishda soddaroq tartibni olish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli, biroq tovarlar ro‘yxati loyihaning faoliyati natijalariga ko‘ra kengayishi mumkin.
Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi loyihada ishtirok etish niyatini bildirgan, hamda tashqi iqtisodiy faoliyati har bir davlatning qonunchiligiga muvofiq bojxona qonunchiligi buzilishi xatarining past darajasi toifasiga tegishli bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llashga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
09:33
Ukraina NATO diqqat markazida: 35 mlrd yordam va havo hujumidan mudofaa inqirozi
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
14:47 / 12.02.2026
2025 yilning o‘zida 400 mingga yaqin: NATO Rossiya yo‘qotishlarini ochiqladi
13:53 / 12.02.2026