Jamiyat | 21:53 / 05.08.2017
13084
4 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda “Yoshlar teatri” tashkil etiladi

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamalakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №-5106-sonli farmoniga muvofiq joriy yilning 5 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida “Yoshlar markazi”ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Dastur doirasida Xonqa tumaninidagi “Vaisyoz-Qaxramon” fermer xo‘jaligida yosh tadbirkorlar va yosh fermerlar bilan Prezident maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kenashi raisi Qahramon Quranbayev bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Mazkur muloqotda “Mening biznes g‘oyam” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, biroq bankdan hanuzacha imtiyozli kredit ola olmagan Sultonboyeva Chinniposhsha ismli qizning ishi shu zahotiyoq Q.Quranbayev tomonidan hal qilib berildi. Bank xodimlari bu ishni 3 kundan ortiq kechiktirmaslikka va'da berishdi. Shuningdek, Chinniposhsha imkoniyati cheklangan yoshlar bandligini ta'minlash maslalasida reja ishlab chiqqani va buning uchun unga bino zarurligi sabab, Xonqa tumani hokimi uni joy bilan ta'minlashi haqida keltirib o‘tdi. Imkoniyati cheklangan yoshlar bandliini ta'minlash hozirda dolzarb masala ekanligi hech kimga sir emas. Q.Quranbayev Chinniposhshaga Ittifoq nomidan 5 ta tikuv mashinasini sovg‘a qildi. 

Bundan tashqari Bookcafe tashkil etish niyati bo‘lgan, ammo o‘zi istiqomat qiladigan tuman hokimiyati tomonidan yordam ololmagan Diyorbek Qurbonov ham o‘ziga ma'qul joyda mazkur kafeni ochish borasida Prezident maslahatchisining va'dasini oldi. 

Ochiq muloqot davomida so‘zga chiqqan Islombek Avezov esa o‘z taklifi sabab “Yosh sartaroshlar uyushmasi” rahbarligiga Q.Qo‘chqorovich tomonidan tayinlandi.

Mazkur muloqotda so‘zga chiqqan barcha yoshlarning ishlari yuz foiz ijobiy tomonga hal qilindi. 

Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar, respublika targ‘ibot guruhi, Yoshlar ittifoqi viloyatlar raislari va OAV vakillari “Temurbeklar maktabi” harbiy yuridik litseyga tashrif buyurishdi. Litseyning boshlang‘ich tashkilot yetakchisi xonasi bilan tanishgan Q.Quranbayev, bu xonani yetarli jihozlar bilan jihozlashni va namunali holga keltirishni aytdi. 

Shundan so‘ng yosh vazir o‘rinbosarlari Alisher Sa'dullayev va Olim To‘ychiyev o‘quvchi yoshlar bilan suhbat qurishdi.  

Yoshlik sport majmuasiga qilingan tashrif esa barchani xotirasiga muhrlandi.  “Yozni Kamalak bilan” tadbiri doirasida mahallalardagi yoshlar o‘rtasida suzish, futbol, badiiy gimnastika, og‘ir tosh ko‘tarish, boks, yengil atletika, shaxmat, gandbol va qo‘lto‘pi sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Ular Yoshlar ittifoqi hududiy Kengash raislari tomonidan taqdirlanishdi. 

Yoshlar markazining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Po‘lat Razzoqovich so‘zga chiqib, yoshlarni qo‘shaloq bayram bilan tabrikladi. So‘zga chiqqan Qahramon Quranbayev Xorazm yoshlari uchun uchinchi teatr tashkil etilishi va u “Yoshlar teatri” deb nomlanishi haqida ta'kidlab gapirdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid