Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi eng yirik universitetlardan birida o‘zbek tili va madaniyati xonasi ochildi
Hindistondagi Jomiya Milliya Islomiya Universitetida o‘zbek tili va madaniyati xonasi ochildi, deb xabar bermoqda “Jahon” AA.
Xona xalq-amaliy san'ati buyumlari, fotosuratlar bilan bezalgan bo‘lib, ular O‘zbekistonning ko‘p asrlik ma'naviy-madaniy boyligi va mamlakatning hozirgi qiyofasini ochib beradi.
Universitet talabalariga o‘zbek tilidagi kitoblar, broshyuralar va turli adabiyotlar, O‘zbekiston haqidagi jurnallar hamda axborot materiallari taqdim etilgan.
Universitetning xalqaro tadqiqotlar Akademiyasi rahbari professor Rashmi Doraisvamining ta'kidlashicha, o‘zbek xonasi talabalarni O‘zbekistonning noyob madaniyati bilan yanada yaqindan tanishish imkonini beradi.
«Bu juda o‘z vaqtida qo‘yilgan qadam, sababi so‘nggi vaqtlarda universitet talabalari o‘rtasida o‘zbek tili va O‘zbekiston madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ancha ortdi», - dedi u.
O‘zbek tili o‘qituvchisi professor Shohid Taslimning aytishicha, ushbu o‘quv yurti Hindistondagi o‘zbek tili o‘qitilayotgan yagona o‘quv muassasasi hisoblanadi. Joriy yilda o‘zbek tili kurslariga taxminan 30 talaba ro‘yxatdan o‘tdi.
Mavzuga oid
11:24 / 30.06.2026
O‘zbekiston aholisining 89,4 foizini o‘zbeklar tashkil etadi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026