Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xalqaro koalitsiya Raqqadagi shifoxonaga fosforli bombalar bilan zarba berdi
AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Raqqa shahridagi shifoxonagaa fosforli bombalar bilan zarba berdii. Bu haqda Suriyaning SANA agentligi "Qizil yarim oy" jamiyatining mahalliy bo‘limi vakiliga asoslanib xabar qilmoqda.
"Shifoxona 20 dan ortiq snaryad bilan bombardimon qilindi. Bunda elektrogeneratorlar, tibbiy yordam mashinalari va shifoxona bo‘linmalari nishonga olindi", — degan Suriya "Qizil yarim oy" jamiyati rahbari o‘rinbosari Dina Al-Asaad.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonada IShID terrorchilari bo‘lmagan. Al-Asaadga ko‘ra, tibbiy muassasa shahardagi 100 mingga yaqin fuqaroga tibbiy xizmat ko‘rsatgan.
IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya fosforli bombalardan xalqaro me'yorlarga muvofiq foydalanayotganini ta'kidlab keladi. Human Rights Watch xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti esa, bu bombalardan foydalanishni tanqid qilib keladi.
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026