Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya hukumati bu yilgi Haj mavsumiga 30 ming tibbiy xodimni jalb etadi
Saudiya Arabistoni hukumati hojilarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida 30 ming tibbiy xizmatchilarni jalb etishni rejalashtirgan. Musumonlardan imkon topganlari yilda bir marta Islom dinining muqaddas qadamjolari – Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara shaharlarini ziyorat qilishga kelishadi. Bu haqda Saudiya podshohligining sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda TASS.
Bu yilgi haj mavsumining boshlanishi taxminan 30 avgustlarda boshlanadi va 1-2 sentabrlarda Qurbon hayiti bilan tugaydi. Shu muddatda 30 ming tibbiy xodim safarbar etiladi. Ular istalgan vaqtda yordamga muhtoj hojiga yordam berishga shay turishadi.
Bundan tashqari vazirlik meningit va grippga qarshi emlash dasturini ham ishga tushirgan. Ziyoratchilar Jidda xalqaro aeroportiga kelganlaridan so‘ng, JSST me'yorlari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni elchixonasiga viza uchun hujjat topshirganda majburiy tartibda meningitdan emlangani haqidagi ma'lumotnomani taqdim etishi shart.
Haj vaqtida Makka va Madina shaharlari, Arofat tog‘i atrofi va Mino vodiysiga yaqin 25 ta shifoxona favqulodda tartibda faoliyat yurita boshlaydi. U yerda avgustning oxirgi kunlari va sentabr oyi boshlarida millionlab ziyoratchilar to‘planishadi. Vazirlik, shuningdek, 150 dan ortiq ko‘chma gospitallarni tashkil etadi. Bemorlarni zudlik bilan boshqa joyga ko‘chirish uchun 100 ta tibbiy yordam mashinasi navbatchilik qiladi.
Haj Islom dinining beshta ustunidan biridir. U Zulhijja oyining 8-kuni boshlanib, 5 kun davom etadi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026