21:23 / 05.08.2017
6764

Tokioda armiyaning hujumkor qurolga ehtiyojini ko‘rib chiqishga qaror qilindi

Foto: Toru Hanai / Reuters

Yaponiya mudofaa vazirligi yaqin orada mamlakat armiyasini hujumkor qurol-aslaha bilan ta'minlash imkoniyatini muhokama qilishni boshlaydi, deb yozmoqda Nikkei nashri. Bu maslahatlashuvlar natijalari asosida 2018 yilda Yaponiya mudofaa kuchlarini rivojlantirish rejalari ishlab chiqiladi.

Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyin Yaponiya mudofaa kuchlari qurollanishida mudofaa va mamlakat xavfsizligini ta'minlash vositalari bo‘lgan. Yaponiya mudofaa kuchlarida ballistik raketalarning ko‘plab turlari, strategik bombardimonchilar yoki zarba beruvi aviatashuvchi kemalar kabi hujumkor qurol-aslaha mavjud emas. Yaponiya mudofaa vazirligida asosiy xavf Shimoliy Koreyada harbiy faollik oshishi hisoblanadi.

Nashr shu munosabat bilan sobiq bosh vazir Itiro Xatoyamaning so‘zlarini keltirib o‘tdi. U 1956 yilda "Mamlakat konstitutsiyasida "Bizni hujum oqibatida yo‘q qilib tashlagunlarigacha qo‘l qovushtirib o‘tirishimiz kerak" degan buyruq yo‘q" deb aytgan. O‘shandan beri siyosatchilar "mudofaa" atamasining kengaytirilgan tushunchasini kiritganlar. Sindzo Abe boshchiligidagi amaldaga hukumat hujumni qaytarishning boshqa vositasi bo‘lmaganda, xorijiy raketa bazasiga hujum berilishini "mudofaa" tushunchasi ostiga tushadi, deb hisoblaydi.

Avgust boshida Abe mamlakat rahbariyatining past reytingi ortida vazirlar mahkamasida bir qator xodimlarni o‘zgartirgan. Jumladan, mudofaa vaziri iste'foga ketkazilgan, uning o‘rnini Itsunori Onodera egallagan.

Top