Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyada 202 nafar sovet askari qoldiqlari qayta dafn etildi
Estoniyaning Sinimyae shahridagi birodarlik qabriga sobiq Ittifoqning 202 nafar askari qoldiqlari qayta dafn etildi. Bu haqda Delfi nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, sovet askarlarining qoldiqlari Kamerad klubi qidiruvchilari tomondan topilgan. Qoldiqlarni dafn etish marosimida Ikkinchi jahon urushi faxriylari va veteranlik tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

"Biz bugun oxirgi yo‘lga kuzatib qolayotgan bu odamlarga hayot ekanimiz, yer yuzida farzandlarimiz va nabiralarimiz yashayotgani uchun minnatdormiz. Ular – Yevropani fashizmdan ozod qilganlar haqidagi xotirani yosh avlodga topshirishimiz kerak", deb aytgan rossiyalik vatandoshlar tashkiloti rahbari Grigoriy Rastegayev.

Marosimda rossiyalik diplomatlar, jumladan Rossiyaning Narva shahridagi bosh konsuli vazifasini bajaruvchi Yekaterina Andriyevskaya, konsul-maslahatchi Vladimir Malishev, attashe Aleksandr Shmatkov ishtirok etganlar.
Mavzuga oid
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
12:27 / 20.03.2026
Estoniya Rossiyani havo hududini buzishda aybladi
14:52 / 28.02.2026