Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri ishtirok etgan qabulga kelmadi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson hozirda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASeAN) anjumani o‘tayotgan Filippinda tashqi ishlar vazirlari qabulini o‘tkazib yubordi. Bu tadbirda, jumladan, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yen Xo ishtirok etgan.
Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, Tillerson bu qabulga kelishi kerak edi. Biroq natijada uning o‘rniga uning Janubiy Osiyo va Tinch okeani ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Syuzan Tornton kelgan.
Tillerson yordamchisining aytishicha, anjumandagi sermahsul birinchi kundan keyin "Tillersonga ikkinchi kunga tayyorlanish uchun vaqt kerak bo‘lgan" va shu sababli u qabulni o‘tkazib yuborgan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025