Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda avtomashinalarni tunab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
Andijon tuman “Oyjamol” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida noma'lum shaxs Andijon shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan Sh.M.ga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashinining old eshigini temir jism bilan ochib, avtomashina salonida bo‘lgan 3 dona uyali telefon apparati, 100 AQSh dollari va 1.900.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan, deb xabar bermoqda Andijon viloyat IIB matbuot xizmati.
Ko‘rilgan choralar natijasida noma'lum shaxs aniqlanib ushlandi. U Andijon shahrida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan E.B bo‘lib chiqdi. Ashyoviy dalil sifatida 100 AQSh dollari va 1 dona telefon apparati va 450.000 so‘m pullar olindi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasini 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu fuqaroning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026