Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya AQShning Rossiyaga yangi sanksiyalari tufayli ko‘pmilliardli loyihalarni boy beradi
AQShning yangi aksilrossiya sanksiyalari Avstriya kompaniyalarining Rossiyadagi ko‘pmilliardli loyihalari xavf ostida qolmoqda. Avstriya iqtisodiyot palatasi shu haqda TASSga ma'lum qildi.
Avstriyaning Moskvadagi elchixonasi savdo maslahatchisi Rudolf Lukavski AQShning Rossiyaga yangi sanksiyalari Avstriya biznesiga qanchalik salbiy ta'sir ko‘rsatishini tahlil qilib chiqdi. U, shuningdek, ushbu cheklovlarning YeIga ta'sirini ham o‘rgangan. Ekspertning fikricha, Amerikaning yangi qonuni amaliyotda qo‘llanilguncha, "sanksiyalarning qamrovini baholash qiyin".
"AQShning Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalari to‘g‘risidagi qonuni kuchga kirgach, Avstriyaning RFga yuboriladigan tovarlari va eksportiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Bunda sanksiyalarning qaydarajada ta'sir ko‘rsatishi masalasi ochiq qolmoqda. Rossiyaning javob choralari ko‘rishi ehtimoldan yiroq emas", - degan Lukavski.
Uning qayd etishicha, Vena nuqtainazaridan Avstriya kompaniyalariga salbiy ta'sir etuvchi bir nechta jihatlar bor. Shu bilan birga, AQSh sanksiyalarining kengayishi bilan Rossiyaning temir yo‘llar, kemachilik, metallurgiya va tog‘-kon sanoati ko‘p jabr ko‘radi.
Avstriya eksportining aksar qismi yuqoridagi sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga to‘g‘ri kelishi hisobga olinsa, Amerika sanksiyalarining Avstriya eksportchilariga jiddiy to‘siq bo‘lishi aniq", - deydi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Avstriya mashinasozlik sanoati xususiy va davlat sektorlarida shundog‘am qisqartishlarni boshdan kechirmoqda. Yangi sanksiyalar navbatdagi uzoq muddatli zarar ko‘rishlarni keltirib chiqarishi mumkin".
Bundan tashqari, cheklov choralarining joriy qilinishi yana bir sezilarli tahdidlardan biri hisoblanadi. "Tadqiqotlarimiz natijasida kelgusida Yevropa banklari Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi mumkin degan xulosaga keldik. Bu nafaqat Avstriya eksportchilariga, balki Rossiyaning yirik loyihalarida ishtirok etayotgan moliya institutlariga ham ta'sir qilishi mumkin", - degan savdo maslahatchisi.
"Albatta, bu yerda "Shimoliy oqim - 2" gaz quvuri loyihasini yodga olmasdan bo‘lmaydi. Amerika sanksiyalaridan ushbu loyihaning muhim moliyaviy va strategik hamkori sifatida OMV neftgaz kompaniyasi zarar ko‘rishi mumkin. Avstriyaning boshqa kompaniyalari, xususan quvur yetkazib beruvchi kompaniyalari ham sanksiyalarning salbiy oqibatlarini o‘zlarida his qilishadi. Ular 100 mlnlab yevro zarar ko‘rishi mumkin", - deya ishonch bildirgan Lukavski.
Avstriya iqtisodiyot palatasi prezidenti Kristof Lyaytl esa, AQSh sanksiyalarida YeI uchun aksilrossiya sanksiyalarni bekor qilishida ajoyib imkoniyatni ko‘rmoqda. Uning aytishicha, Amerikaning yangi sanksiyalari kuchga kirishi Yevropaga birlashish ishorasini berishi kerak. "Yevropa buni YeIning Rossiyaga nisbatan mavjud sanksiyalarini bekor qilish imkoniyati sifatida ko‘rishi mumkin", - deyiladi Avstriya iqtisodiyot palatasi bayonotida.
"AQSh xalqaro iqtisodiy munosabatlarga yengil qaramoqda va Rossiya hamda Yevropaning iqtisodiy aloqalarini buzishni xohlayapti. Amerikaliklar savdo va iqtisodiy siyosatda o‘z manfaatlarini ko‘zlamoqda", - deb qayd etgan Lyaytl.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50 / 06.07.2026