Jahon | 20:04 / 07.08.2017
7175
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik tadbirkorlar Qozog‘istonda 2 ta zavod quradilar

Foto:aa.com.tr

Xitoylik tadbirkorlar Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyatida 2 ta zavod quradilar. Bu haqda viloyat gubernatori ma'muriyatida ma'lum qilindi.

Jumladan, O‘tirar tumanida bioetanol ishlab chiqaruvchi, So‘zak tumanida esa fosfor sanoati chiqindilarini qayta ishlovchi ishlab chiqarish markazi quriladi. 

Bu rejalar haqida viloyat akimi Janseit Tuymebayevning Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuvida ma'lum bo‘ldi.

Uchrashuvda Tuymebayev xitoylik tadbirkorlarga viloyatning investitsion salohiyati va amalga oshirilayotgan industrial-innovatsion loyihalar haqida gapirib berdi. Akim shuningdek mehmonlarga xorijiy sarmoyachilarga taqdim qilinadigan imtiyozlar haqida ma'lumot berdi.

Uning aytishicha, investitsiyalar Qozog‘iston iqtisodiyotining asosiy mexanizmlaridan birini tashkil qiladi. 

"Biz tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratib, ularga ko‘mak ko‘rsatamiz. Ayni vaqtda viloyatda 11 ta sanoat va bitta maxsus iqtisodiy hudud faoliyat yuritmoqda", deb ta'kidlab o‘tgan uchrashuvda Tuymebayev.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid