Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada tajovuzkor maymunlar bilan kurashga armiya jalb qilindi
Indoneziya hukumati tajovuzkor maymunlarga qarshi qurolli kampaniya boshlab yubordi. Uzun dumli makakalar yaqin vaqtdan beri Yava orolidagi Boyolali tumani aholisiga tinchlik bermay qo‘ydi. Ular keksalar va bolalarga hujum qilmoqdalar va mahalliy nochor oilalardan yeguliklar o‘g‘irlamoqdalar.
Hukumat maymunlarning ommaviy hujumini to‘xtatish uchun politsiya va harbiylarni jalb qilishga qaror qildi.
"Maymunlar uylar oldida 2 oy avval paydo bo‘la boshladilar. Biz ulardan birini otib tashlaganimizda, qolganlari qochib ketgandi. Hozir ular yana qaytdilar", deb aytgan mahalliy politsiya boshlig‘i Ovena Andxi.
Uning aytishicha, tajovuzkor maymunlardan ko‘proq eski uylarda yolg‘iz yashovchilar aziyat chekmoqdalar. Bunday odamlarning ularga yordam beradigan na do‘stlari va na qo‘shnilari bor.
Oxirgi vaqtda makakalar tajovuzidan 11 kishi jabrlangan. Tabiat himoyachilarining aytishicha, maymunlar hosil kamligi va o‘rmonlar chopib tashlanayotgani sababli borgan sari ko‘proq qishloqlarda paydo bo‘la boshlaganlar.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
08:22 / 25.06.2026
Dunyo armiyalarida ayollar ulushi: kutilmagan yetakchilar kimlar?
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
21:06 / 25.05.2026