Jahon | 08:00 / 07.08.2017
4939
2 daqiqa o‘qiladi

Maduro: Venesueladagi harbiy bazaga hujum Mayami va Kolumbiyadan moliyalashtirilgan

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Valensiya shahri yaqinidagi Fuyerte-Paramakay harbiy bazasiga hujum AQShning Mayami shahri va Kolumbiyadagi aksilhukumat yetakchilari tomondan moliyalashtirilganini aytdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Uning aytishicha, bazaga hujum qilganlardan ikki nafari o‘ldirilgan. Maduroning aytishicha, bazaga hammasi bo‘lib 20 kishi hujum qilgan. Ulardan 10 nafari qochishga muvaffaq bo‘lgan, ular hukumat tomonidan qidirilmoqda. Yana bir bosqinchi yaralangan, 7 kishi qo‘lga olingan.

Maduro bazaga hujumning muvaffaqiyatli qaytarilishi bilan armiyani tabrikladi. "Bir hafta avval biz ovozlar bilan yutdik. Bugun esa terrorchilikni o‘qlar bilan yutishga to‘g‘ri keldi", deb aytgan Maduro.

Bundan tashqari, OAVning "Ilg‘or harakat" partiyasi vakiliga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, bazaga hujum vaqtida mamlakatning muxolif yetakchilaridan biri Ramon Rivas o‘ldirilgan. Ta'kidlanishicha, Rivas bazadan 1,5 km uzoqlikda halok bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid