Eng buyuk jasorat bu – ma'naviy jasorat.
Islom Karimov

Bugungi kunda yurtimizda inson va uning manfaatlari eng oliy qadriyat darajasiga kötarilgan. Mamlakatimizning içki va taşqi siyosati aynan ana şu maqsadga yönaltirilgan hamda bu yölda katta natijalarga erişayotganligimiz ham, avvalo, mustaqilligimiz şarofatidandir. Mustaqil davlat sifatida bugungi kunda jahon hamjamiyatida öz örni va öz söziga egamiz. Biz dunyoning deyarli barça davlatlari bilan özaro tenglik, manfaatdorlik prinsiplariga asoslangan siyosiy-iqtisodiy siyosat yurgiza boşladik. Tarixan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda barça sohalarni qamrab olgan holda keng islohotlar amalga oşirildi va bu işlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. U xoh Davlat boşqaruv tuzilmasi bölsin, xoh soğliqni saqlaş, sport, ta'lim – qöyinki, barça sohalarda amalga oşirilayotgan çuqur islohotlar, yaratilib berilayotgan şart-şaroitlar bugungi kunda özining ijobiy natijasini bermoqda. Har sohada qölga kiritilayotgan yutuqlar, zafarlar, kundan kunga çiroy oçib borayotgan şahru qişloqlarimiz qiyofasini körib istiqlolning hayotbaxş nafasini yanada teranroq his qilamiz.

Ma'lumki, mustaqillikning ilk kunlaridan belgilab olingan «Islohot – islohot uçun emas, inson uçun», degan ğoya odamlarimiz qalbidagi ezgu orzu-intilişlarini yaqqol ifoda etgan oliyjanob da'vat xalqimizni huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini quriş yölida safarbar etadi.

Hozirgi kunda qanday şiddatli va notinç zamonda yaşayotganligimizni inobatga olgan holda, tinç va osoyişta hayot uçun kuraşiş, kerak bölsa, fidoyilik körsatib, doimo ogoh, sezgir va ma'naviy uyğoq bölib yaşaş, eng katta boyligimiz bölmiş yurtimizdagi millatlar va fuqarolararo ahillik, özaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini köz qoraçiğidek asraş va mustahkamlaş yölida olib borilayotgan işlarning ma'no-mazmunini tuşunib yetiş lozim. Ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalaş muhim örin tutadi. Buning uçun esa oilada va ta'lim dargohlarida ta'lim va tarbiyaga alohida e'tibor qaratiş lozim.

Bugungi kunda ana şu masalalarni ijobiy hal etiş uçun muhtaram Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev tomonidan bir qator qonun hujjatlari imzolanib, qaror va farmoyişlar qabul qilingan. Lekin şuni tan olib aytiş kerak-ki, qabul qilinayotgan qaror va farmoyişlar ijrosini bajarişga kelganda ayrim holatlarda «qöl uçida» bajarilişiga guvohi bölamiz, köplab joylarda ma'naviy-marifiy tadbirlar ötkazilsada, aslida ana şu tadbirlarni ötkazişdan közlangan maqsad unutilib, natija samarasiz bölmoqda. Qabul qilingan Davlat dasturlari ijrosini ta'minlaş yuzasidan taşkilotçilar tomonidan ötkazilayotgan tadbirlarning faqatgina körgazmali qurollar bilan mazmunli ötişiga e'tibor qaratilayapti xolos, qolgani bilan işi bölmaydi. Bu kabi holatlarning köpayib ketişi Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov tabiri bilan aytganda mas'uliyatni öz zimmasiga olib, çinakam fidoyilik körsatadigan yoşlarning kamayib ketişi oqibatida yuzaga kelmoqda. Bu esa Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ta'rif berilgan: