Jahon | 21:06 / 07.08.2017
26297
2 daqiqa o‘qiladi

Nemis tili lug‘ati rasman besh ming yangi so‘zga boyidi

Duden nemis tili lug‘ati tahririyati 5 ming yangi so‘zni rasman muomalaga kiritdi. Bu haqida DPA agentligi xabar berdi. 

Sir emaski, har qanday til ham muayyan ma'noda "tirik materiya" bo‘lib, muntazam rivojlanib boradi. Jamiyat, ijtimoiy-siyosiy hodisalar, yangi texnik qurilmalar va ko‘plab boshqa omillar tillarga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Bu tilda neologizmlar, boshqa tildagi so‘zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 

Masalan, AQShdagi prezidentlik saylovlaridan keyin nemis lug‘atining yangi nashrida "feyk nyus" kabi tushunchalar paydo bo‘ldi, shuningdek 2016 yilning asosiy nemis neologizmi - "postfaktish" (siyosiy va ijtimoiy muhokamalarda hissiyotlar faktalrdan ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lishi) so‘zini misol qilish mumkin. Bundan tashqari, yangi nashrdagi nemis tili lug‘atidan "selfi", "planshet" va boshqa ko‘plab so‘zlar o‘rin oldi. 

"Gap texnika rivoji haqida ketganda ko‘p tushunchalarning hayotimizga ingliz-amerika o‘lkalaridan kelishiga guvoh bo‘lamiz", - dedi Duden tahririyati rahbari Katrin Kunkel-Ratsum lug‘atning 27-nashri sotuvlari boshlanishi oldidan. Lug‘at kitobi oxirgi marta 2013 yilda nashrdan chiqqan. 

Duden lug‘ati o‘n yillar davomida leksik birliklarni ro‘yxatga olib borgan va bugunga kelib, ularning soni 145 mingga yetgan. 1880 yilda chop etilgan birinchi nashrda 27 ming leksik birlik bo‘lgan. 

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi