Tomonlar örtasida muhandis-texnika mutaxassislarini tayyorlaşda özaro ta’lim dasturlarini joriy qiliş, Germaniyadan tajribali olimlarni Özbekistonga taklif qiliş, dolzarb global muammolar yeçimiga qaratilgan özaro ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiriş kabi masalalar muhokama etildi.
Vazir Qönğirotboy Şaripov elçi bilan suhbatda Özbekistonda ilk nemis tili universitetini taşkil etiş masalasiga ham töxtalgan.
“Bugungi kunda özaro talabalar, professor-öqituvçilar almaşinuvi dasturlarini kengaytiriş, yoş olimlarning Germaniyada ilmiy stajirovkalarini taşkil etiş muhim yönalişlardan biridir. Şuningdek, Germaniya tomoni bilan Özbekistonda ilk nemis tili universitetini taşkil etiş böyiça muzokaralarni davom ettirişga tayyorligimizni ma’lum qilaman”, dedi vazir.











