15-22 iyul kunlari nemis tili böyiça Butunjahon olimpiadasi ötkazilgan Gettingen şahrida ğoliblar aniqlandi. Tegişli til darajalari böyiça ötkazilgan bellaşuvlarda birinçi örinni özbekistonlik Rayyona Ibrohimova, bangladeşlik Mahek Xon va şimoliy makedoniyalik Ana Kotevska bölişib oldi. 

«Kumuş» va «bronza» Meksika, Italiya, Slovakiya, Polşa va Britaniyadan kelgan maktab öquvçilariga nasib etdi, deb e’lon qildi Berlindagi Gyote instituti 22 iyul, duşanba kuni. Olimpiadaning final bosqiçida 14 yoşdan 17 yoşgaça bölgan 100 nafardan ortiq öquvçi iştirok etdi. Raqobatçilar orasida 62 davlat vakillari bor edi. 

Nemis tili böyiça eng yaxşilar

Gyote instituti matbuot xizmati xabariga köra, 16 yoşli Rayyona Germaniyadagi universitetlardan birida nemisşunoslik yönalişida tahsil oliş va kelajakda tarjimonlik bilan şuğullanişni rejalaştirgan. Xalqaro tanlovning final bosqiçiga çiqiş uçun u boşqa iştirokçilar singari milliy tanlovda ğolib böldi.

Gettingenda öquvçilar turli fanlar böyiça bellaşdi. Har bir öquvçi mustaqil ravişda Butunjahon Til Olimpiadasi jurnali uçun öz onlayn sahifasini yaratişi kerak edi - tabiiyki, butunlay nemis tilida. Şuningdek, bilimlar guruhlarda turli taqdimotlar va improvizatsiyalar orqali sinovdan ötkazildi. Hakamlar hay’ati nafaqat nemis tilini biliş darajasini, balki ijodkorlik, şuningdek, jamoada işlaş qobiliyatini ham baholadi. Musobaqa iştirokçilariga keng qamrovli madaniy dastur taklif qilindi - Gettingenning diqqatga sazovor joylariga taşrif buyuriş. 

Butunjahon nemis tili olimpiadasi har ikki yilda bir marta Germaniya şaharlaridan birida ötkaziladi. Taşkilotçi Gyote institutidir. Tadbir Germaniyadan taşqaridagi maktablarda nemis tilini örganişga qiziqişni oşirişga qaratilgan.