Jamiyat | 17:21 / 08.08.2017
6679
4 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda «Tozalash-Antiterror» tadbirlari o‘tkazilmoqda

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning joylardagi quyi tizim xodimlari tomonidan bayramoldi arafasida o‘tkazilayotgan «Tozalash-Antiterror» tadbirlari o‘zining samarasini berayotganligi bilan bir qatorda, aholi hushyorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Tadbirlarni yanada samarali tashkil etish maqsadida boshqarma boshlig‘ining alohida farmoyishi asosida, ichki ishlar idoralarining xizmat sohalari xodimlaridan iborat bo‘lgan guruhlar bir oy davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida maqsadli tadbirlarni o‘tkazib keladilar.

Tezkor-profilaktik tadbirlar viloyatning chekka va olis tumanlaridan bo‘lgan Olot va Qorako‘l tumanlarida boshlab yuborilib jami 300 nafardan ziyod ichki ishlar idoralari xodimlari, 200 nafar jamoatchilik vakillari va boshqa hamkor mutasaddi idoralar xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirga jalb qilingan xodimlar faromoyish talablariga asosan alohida guruhlarga bo‘linib, har bir guruhga tuman hududida bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, tuman hududida xizmat olib borayotgan har bir profilaktika inspektorlariga ma'muriy hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, mavjud xonadonlarda istiqomat qiladigan aholi o‘rtasida pasport-viza qoidalariga rioya qilinishi holatini o‘rganish, profilaktik hisobda turgan, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, surunkali ichuvchi, oilaviy janjalkash, axloq odob qoidalariga rioya etmaydigan yengil tabiatli ayollar, shuningdek, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi shaxslar bilan profilaktik ishlarni olib borishlari uchun, ichki ishlar boshqarmasi xizmat sohalaridan xodimlar ajratilib, jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda har bir fuqaro bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash guruhlari tomonidan 60 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning turli moddalari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Qo‘pol koidabuzarlik sodir etgan, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan, haydovchilar alohida profilaktik ishlar amalga oshirilib, 34 ta avtomashinalar jarima maydoniga kiritildi, bundan tashqari, tuman Davlat soliq idorasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar davomida 3 nafar noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchi “Kirakash”lar aniqlanib, ularga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tadbirlar davomida Olot va Qorako‘l tumanidagi 1753 ta xonadonlar tekshirilib, ularda istiqomat qiluvchi 5906 nafar fuqarolar bilan suhbatlar olib borildi. Ushbu jarayonda 52 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, 4 nafar chet el fuqarolari, 196 nafar ov quroliga ega bo‘lgan shaxslar, 129 nafar muqaddam sudlangan, 69 nafar ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishga hukm qilingan hamda 203 nafar boshqa toifada profilatik hisobda turuvchi shaxslar tekshiruvdan o‘tkazilib, ular bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borildi, shuningdek, vaqtinchalik ro‘yxatda turmasdan ishlab va yashab kelayotgan 38 nafar boshqa viloyat fuqarolariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, olib borilgan tadbirlar davomida neft mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanadigan fuqarolar aniqlanib, ulardan 180 litr miqdoridagi neft maxsulotlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid