O‘zbekiston | 09:47 / 08.08.2017
17755
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya politsiyasi o‘zbekistonlik shaxslarni terrorizm bilan aloqadorlikda gumonlamoqda

Malayziyada o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida kamida 275 kishi terrorchilar bilan aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

Free Malaysia Today nashrining xabar berishicha, ayni damda mamlakat politsiyasi terrorizm bilan aloqador bo‘lgan xorijliklarni qidirib topishga harakat qilmoqda. Ular orasida Bangladesh, Hindiston, Pokiston, Nepal, Indoneziya, Myanma, Ummon, Yaman, O‘zbekiston, Tailand, Nigeriya, Shri-Lankadan bo‘lgan shaxslar bor bo‘lib, ularning Interpolning terrorchilar bo‘yicha ma'lumotlar bazasida bor yoki yo‘qligi ham tekshirilmoqda.

«Biz terrorchilik faoliyatida gumonlanayotgan xorijliklarni qidirib topamiz va ularga nisbatan choralar ko‘ramiz, bu ayniqsa, Suriyadagi voqealarga aloqador bo‘lgan shaxslarga tegishli», - degan terrorizm bilan kurash bo‘yicha bo‘lim direktorining bosh yordamchisi Ayyub Xon Midin Pitchay.

Maxsus amaliyot Kuala-Lumpurda Dengiz o‘yinlari xavfsiz o‘tishini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu tadbir yaqin orada Malayziya poytaxtida bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid