Jahon | 08:29 / 08.08.2017
3355
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada yuz bergan otishma natijasida 10 kishi halok bo‘ldi

Meksika g‘arbidagi Durango va Sinaloa shtatlari chegarasida otishma yuz berdi, natijada 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, yana bir necha kishi tur darajada jarohatlar olgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishmaga oilalar o‘rtasidagi avvaldan mavjud bo‘lgan mojaro sabab bo‘lgan.

Sinaloa shtati shu nomdagi Meksika narkokartelining “vatani” hisoblanib, uning yetakchisi - Xoakin Gusman Loera (El Chapo -  Pakana) 2016 yilda Los-Mochis shahrida qo‘lga olindi. Shundan so‘ng El Chapo AQShga ekstraditsiya qilindi.

Avvalroq Meksikada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tashlab ketgan 150 ga yaqin kishi qutqarilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid