Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Filippinda IShIDga qarshi operatsiya rejalashtirmoqda
AQSh mudofaa vazirligi IShIDning Filippinda harakat qiluvchi jangarilariga qarshi harbiy operatsiya rejasini ishlab chiqmoqda.
NBC telekanalining Pentagon vakillariga iqtibos keltirgan holda xabar qilishicha, 8 avgustdayoq Filippinda jangarilar pozitsiyalariga zarba berish rejasi e'lon qilinishi mumkin. Taxmin qilinishicha, operatsiya davomida dronlar qo‘llash ko‘zda tutilgan.
AQShning Filippin armiyasining aksilterrorchilik operatsiyasiga aralashuvi IShID AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqdoshlariga bildirayotgan xavfi bilan tushuntiriladi. Vashingtonda terrorchilarga qarshi kurash masalasida filippinlik hamkasblari bilan faol hamkorlik qilinayotgani aytilgan.
7 avgustda Manilaga ASeAN davlatlari vakillari bilan uchrashuvga kelgan AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Vashington Filippin hukumati bilan razvedka ma'lumotlarini faol bo‘lishayotganini va ularga havo razvedkasi uchun bir nechta yengil samolyot taqdim qilganini aytgan.
Tillerson ta'kidlaganidek, u Filippin hukumati tomondan inson huquqlari buzilishi holatlariga qaramasdan, AQShning Manilaga yordam berayotganida hech qanday ziddiyat ko‘rmayapti.
Amnesty International va Human Rights Watch huquqni himoya qilish tashkilotlari Filippinning amaldagi prezidenti Rodrigo Duterteni Davao meri bo‘lgan vaqtda ko‘plab sudsiz qatllar ijro etilishiga qarshilik ko‘rsatmaganlikda ayblab keladilar. Dutertening o‘zi bu voqealarga aloqadorligini inkor etadi, biroq jinoyatchilarning o‘ldirilishida "hech qanday yomon ish ko‘rmasligini" aytadi.
IShID jangarilari mamlakatning Mindanao viloyatida harakat qiladilar.
Mavzuga oid
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026