Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVda O‘zbekiston-Ummon kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi
2017 yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ummon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Ummon kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarning qo‘shma loyihasi – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi kutubxonasining yangi binosini qurish ishlari yakuniy bosqichga kirganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu munosabat bilan kutubxona ochilishining amaliy jihatlari hamda shu bilan bog‘liq tadbirlarda O‘zbekiston va Ummon delegatsiyalarining ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Avvalroq Afg‘oniston elchisi O‘zbekiston TIVda muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
09:02 / 07.02.2026