Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp KXDRga bosim o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga minnatdorchilik bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter sahifasi orqali Shimoliy Koreyaning raketa dasturiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarga minnatdorchilik bildirdi.
"Uzoq yillik ziddiyatlardan keyin mamlakatlar nihoyat Shimoliy Koreya solayotgan tahdidlarga javob qaytarish uchun yig‘ilishdi", - deb yozadi u.
Shuningdek Amerika prezidenti AQSh va boshqa mamlakatlar o‘z maqsadlarida "qat'iy turishlari kerak"ligini ta'kidladi.
5 avgust kuni BMT Xafsizlik Kengashi bir ovozdan KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatladi. Bunga Shimoliy Koreya tomonidan ikki qit'alararo ballistik raketaning ishga tushirilishi sabab bo‘ldi. Ta'kidlash joizki, Shimoliy Koreyaning ittifoqdoshlari hisoblangan Rossiya va Xitoy ham sanksiyalarni kuchaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashgan.
Yaponiya TIV vakili Tosixide Ando ham BMT saksiyalarini kuchaytirishni qo‘llab chiqdi. U shuningdek Pxenyan bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish emas, unga "samarali bosim" o‘tkazishga chaqirdi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026