Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik xizmat xodimlari suhbatdan o‘tdi va lavozimlariga tayinlandi
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilda davlat tashkilotlariga yuristlar tayinlash uchun nomzodlar bilan kasbiy-malakaviy suhbat o‘tkazildi, deb xabar beradi Kun.uzga vazirlik matbuot xizmati.
Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimi uchun Sherali Raimovich Rahmonov va yuriskonsult lavozimiga Amriddin Eshmuhamadovich Omonturdiyev, Davlat statistika qo‘mitasi yuriskonsulti lavozimi uchun Umid Inomjonovich Bozorboyev, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi yuriskonsulti lavozimi uchun Xudoyor Bahrom o‘g‘li Masharipov, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy memorial majmua yuriskonsulti lavozimi uchun Sayora Shuhratovna Uzoqova, «O‘zagrosug‘urta» AJ yuriskonsulti lavozimi uchun Umurzoqali Usmonovich Berdiyev, «O‘zbekenergo» AJ yuriskonsulti lavozimi uchun A'zam Xolmurotaliyevich Mubarakov, Xorazm viloyati hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i lavozimi uchun Rustam Rashidovich Otajonov, Navoiy viloyati hokimligi bosh yuriskonsulti lavozimi uchun Farhod Soliyevich Kazakov o‘zlari tavsiya etilgan lavozimga layoqati va kasbiga munosibligini aniqlash maqsadida suhbatdan o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida ularning kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, shu jumladan, konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi va mehnat huquqi sohalari, shartnomaviy-huquqiy faoliyat va sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha bilimlari o‘rganildi.
Nomzodlarning bilimi, shuningdek ish tajribasi hisobga olinib, ularning barchasi suhbatdan o‘tgan, deb topildi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026