Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ipak yetishtirish sanoatini serdaromad sohaga aylantirish rejalashtirilmoqda
2017 yil 8 avgust kuni “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi “Pillachilik tizimida yuz berayotgan yangilanishlar va sohaga jalb etilayotgan investitsion loyihalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati Kun.uz tahririyatiga ma'lum qildi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 29 martdagi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tizimda yangi imkoniyatlarni joriy etilishida dasturilamal bo‘layotgani ta'kidlandi.

Mazkur qrorga muvofiq, 2023 yilgacha tizimdagi korxona va tashkilotlarga soliq imtiyozlari va boshqa qator preferensiyalar berildi. Uyushma tarkibidagi tashkilotlar, ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish, pillani tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari olib keladigan pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari bojxona to‘lovlaridan, uy sharoitida tirik pilla yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi kasanachilar daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilindi. Pillachilik tarmog‘iga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan kirish vizalari rasmiylashtiriladi, davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berish, muddatini uzaytirish, vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va muddatini uzaytirish amalga oshiriladi.
Yaqinda tashkil etilgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ipak qurti urug‘ini sifatli tayyorlash, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, uning eng xaridorgir turlari va dizaynini o‘zlashtirish, tarmoq mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta'minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etish bilan shug‘ullanmoqda.

Ayni vaqtda sohada ko‘plab yangiliklar yuz berishi kutilmoqda. Eng avvalo pillakorlarning manfaatlarini himoya qilish choralari ko‘rilmoqda. Misol uchun, hozirga qadar ipak qurtini qayta ishlash korxonasi shartnoma asosida tuman pilla korxonasiga, u fermerga, fermer shartnoma bilan xonadonga berishi jarayonida turlicha narx va sarsongarchilik kelib chiqardi. Yangi tizimda bunday holatlarga chek qo‘yiladi. Urug‘chilik zavodi mahsulotni pilla korxonasiga berganda uning vakili jonlantirish jarayonida ishtirok etib, ipak qurtini xonadonlarga yoki ipak qurti boqish maxsus sexlariga tarqatishda ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
11:00
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026