12:40 / 09.08.2017
7847

Anqara Bishkekdan Gulen tashkiloti bilan kurashda hamkorlikni kutmoqda

Ankara Bishkekdan Fathulloh Gulenning terrorchilik oqimi bilan kurash bo‘yicha qat'iy qadamlarni kutmoqda. Bu haqda Turkiya va Qirg‘iziston bosh vazirlari Binali Yildirim hamda So‘ronboy Jyenbekovning muzokaralari davomida ta'kidlab o‘tildi, deb xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.

Anqaradagi “Chanqaya” saroyida bo‘lib o‘tgan suhbat davomida hukumat rahbarlari Gulen tarafdorlarining faoliyati ikki mamlakatning an'anaviy do‘stona munosabatlariga rahna solmasligi lozimligini qayd etishdi.

Turkiya tomonining ko‘rsatishicha, Qirg‘iziston hukumatidan FETÖ tahdidiga qarshi kurash olib borish masalasida hamkorlikni kutmoqda.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston tomonining ta'kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik munosabatlarini mustahkamlash hamda uni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor.

Mavzuga oid
Top