Jahon | 18:37 / 09.08.2017
5913
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti uch ayolni hukumatdagi lavozimlarga tayinladi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy uch ayolni hukumatdagi lavozimlarga tayinladi. Bu mamlakat vazirlar mahkamasi shunday taklif bilan chiqqanidan so‘ng ro‘y berdi, deyiladi prezident saytidagi xabarda.

Avval hukumatdagi lavozimlarga da'vogarlar orasida har doim erkaklar bo‘lib kelgandi.

Ta'kidlanishicha, ayollar va oila ishlari bo‘yicha vitse-prezident lavozimiga Ma'suma Ibtekor, huquqiy masalalar bo‘yicha vitse-prezident lavozimiga Laya Jo‘naydiy, fuqarolar huquqlari bo‘yicha yordamchi lavozimiga esa Shaxindot Mo‘laverdiy tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy davlat rahbari lavozimiga rasman kirishdi.

19 may kuni Ruhoniy saylovchilarning 57 foiz ovozini qo‘lga kiritib, prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid