Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Xitoy va Rossiyaga KXDR bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Germaniya hukumati Xitoy va Rossiyani Shimoliy Koreyani Koreya yarim orolidagi mojaroni yanada keskinlashtirishi mumkin bo‘lgan harakatlar qilmaslikka ko‘ndirishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Germaniya federal hukumat vakili Ulrike Demmer shu haqda ma'lum qilgan.
«Nemis hukumatining maqsadi – Tinch okeani shimolida harbiy keskinlikdan qochish va mojaroga tinch yo‘l bilan yechim topishdir», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Demmerning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Rossiya KXDRni keskinlikni yuzaga keltirishdan qaytarish uchun «barcha ishni qilish bo‘yicha alohida majburiyatga egalar».
Avvalroq Shimoliy Koreya AQSh strategik bombardimonchilarining Guam orolidagi AQSh bazasidan parvoz qilishiga javoban bu baza joylashgan hududga raketa zarbasi berish rejasini tuzayotgani xabar qilingandi. Keyinchalik esa Guam gubernatori KXDRning tahdidiga javob qaytardi.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
20:40 / 13.02.2026
Mers: Urush Rossiya iqtisodiy va harbiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi
19:34 / 13.02.2026
“AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi” – Fridrix Mers. Myunxen xavfsizlik forumidan reportaj
16:48 / 13.02.2026