Jahon | 09:07 / 10.08.2017
5578
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada AQSh harbiy-dengiz kuchlari qiruvchisi halokatga uchradi

Foto: AQSh HDK

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Northrop F-5 qiruvchisi Florida qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchradi. Bu mashg‘ulot parvozi davomida ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda AQSh HDK tvitterda.

Ta'kidlanishicha, samolyot okeanga qulagan.

Uchuvchi parashyut yordamida sakrab qolishga ulgurgan va jiddiy jarohatlar olmadi.

Avvalroq AQSh bombardimonchilari KXDR tahdidlariga tayyorlanish uchun Guamdan parvoz qilgani xabar berilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid