Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London restoranlaridan biriga “zaharli” maktub yetkazildi
Londonning Boro-market bozorida joylashgan restoranga ichida qo‘lansa hidli zaharli kukun bo‘lgan konvert yetkazilgan. Evening Standard nashri ma'lumotlariga ko‘ra, restoranning konvertni ochgan uch xodimi jabrlangan.
Shundan keyin restoranga kelganlar va uning xodimlari evakuatsiya qilinganlar. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va shifokorlar yetib kelishgan.
Ayni vaqtda konvertni kim jo‘natgani noma'lum, biroq politsiya ushbu ishni terrorchilik bilan bog‘lashga shoshilmayapti.
“Hozircha hibsga olishlar amalga oshirilmadi. Voqea tergov qilinmoqda. Tergovning dastlabki bosqichida voqea terrorchilik bilan bog‘langan deb hisoblanmayapti», deb aytgan politsiya vakili.
Mavzuga oid
10:30 / 23.06.2026
Maoshni konvertda beradigan ish beruvchiga qanday jazo bor?
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
12:25 / 22.05.2026