Jahon | 09:22 / 11.08.2017
8171
1 daqiqa o‘qiladi

Golfga vaqti bo‘lmasligini aytgan Tramp prezidentligi davomida qancha vaqtini golf-klublarda o‘tkazdi?

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp 200 kundan ko‘proq vaqtdan beri prezident lavozimini egallab kelmoqda. NBC telekanali hisob-kitobiga ko‘ra, u bu muddatdan 50 kunni Oq uyda emas, balki o‘ziga tegishli golf-klublarda o‘tkazgan.

Tramp Trump Organization oilaviy kompaniyasiga tegishli maskanlarda hammasi bo‘lib 65 kun o‘tkazgan.

Agar bevosita golf o‘yini haqida gapiriladigan bo‘lsa, Tramp kamida 21 marta qo‘lida golf klyushkasi bilan payqalgan. Taqqoslash uchun, avvalgi prezident Barak Obama prezidentligining ilk 6 oyida 11 marta golf o‘ynagan.

Telekanalning ta'kidlashicha, Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida Obamani u o‘ziga juda ko‘p hordiq chiqarishga ijozat berishi uchun bir necha marotaba tanqid qilgandi. “Men sizlar uchun ishlayman. Menda golf o‘ynashga vaqt bo‘lmaydi”, deb aytgandi o‘shanda Tramp.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid