07:48 / 11.08.2017
7266

Xitoyda avtobus tunnel devoriga urilishi oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi

Foto: Sinxua

Xitoyning janubi-g‘arbidagi Shensi viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi va 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.     

Shensi jamoat xavfsizligi bo‘limi ma'lumotlariga ko‘ra, fojia 10 avgustda mahalliy vaqt bilan soat 23:35da yuz bergan. Chendu shahridan Xenan viloyatidagi Loyan shahriga ketayotgan avtobus Sian-Xanchjun trassasidagi tunnel devoriga urilgan.

Jarohatlanganlar tezkorlik bilan shifoxonaga yetkazilganlar. Favqulodda xizmatlar xodimlari voqea joyida qutqaruv ishlarini olib borganlar.

Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun avtohalokat sabablarini tergov qilishni buyurgan.

Foto: Sinxua
Top