Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy sud qaroriga munosabat bildirdi
Foto: EPA
Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KQKF) rahbari, muxolifat Aleksey Navalniy Moskva shahar sudining qaroriga javoban fondning bosh vazir Dmitriy Medvedev haqidagi filmini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishga chaqirdi. Bu haqida uning Twitter sahifasida ma'lum qilindi.
Advokat Ivan Jdanovning so‘zlariga ko‘ra, Aleksey Navalniy rolikni internetdan o‘chirmaydi, shuningdek uni "kesish" niyati ham yo‘q.
"Sud qaroridan qat'i nazar, film to‘liq yo qisman o‘chirilmaydi", - dedi advokat va himoyalanuvchi tomon sud qarori ustidan Moskva shahar sudi prezidiumi va Oliy sudga murojaat qilishini qo‘shimcha qildi.
Bundan avval Moskva shahar sudi muxolifat Aleksey Navalniyning appelyatsiyasini inkor qilib, ishbilarmon Alisher Usmonovning g‘alabasini tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi. Sud "U sizga Dimon emas" tergov-filmidan Usmonovga tegishli fragmentlarini o‘chirish to‘g‘risida qaror chiqargan.
Mavzuga oid
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026
Qarsaklar bilan yakunlangan sud: Yakkasaroydagi yashil hudud va futbol maydonchasi saqlab qolindi
14:58 / 12.05.2026