Jahon | 18:43 / 12.08.2017
10810
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika qiruvchisi Bahrayn xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi

Bahrayn xalqaro aeroportida Amerika qiruvchisi ishtirokida favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Amerika harbiy-dengiz kuchlari vakili Bill Urbanning so‘zlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazidagi “Nimits” aviatashuvchisi bortidan parvoz qilgan F-18 samolyotida dvigatel bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Shu sababdan uchuvchi aeroportga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

«Havo kemasini nosozlik tufayli uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘xtatish mumkin bo‘lmadi, uchuvchi samolyot yo‘lakdan tashqariga chiqib ketgach, xavfsiz holda samolyotdan chiqib oldi», - deya ma'lum qildi Urban.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.

Ta'kidlanishicha, Bahrayn xalqaro aeroporti ishi vaziyat sabab qisman to‘xtab qolgan.

Avvalroq Yamanda arab koalitsiyasi vertolyoti halokatga uchragani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid