15:42 / 12.08.2017
9175

Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga bordi

2017 yil 12 avgust kuni Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Von O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasida mehmon bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif chog‘ida Cho Chung Von Assotsiatsiyaning yangi binosi va sport inshootlari (sport zallari, futbol maydoni, suv havzasi) bilan tanishdi hamda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi para-taekvando sportchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv yakunida Cho Chung Von Assotsiatsiya muzeyida joylashgan eksponatlar bilan tanishdi hamda mehmonlar daftariga o‘zining taassurotlari va tilaklarini yozib qoldirdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Taekvondo (WTF) Assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi rahbarlari ishtirok etdilar.

 

Top