2026 yilning 12–17 aprel kunlari Toşkent ilk bor taekvondo WT böyiça yoşlar örtasidagi 15-jahon çempionatiga mezbonlik qiladi. Dunyo birinçiligida 115 ta mamlakatdan 1500 nafardan ziyod sportçi va murabbiy iştirok etişi kutilmoqda. Taekvondo ustalari 20 ta vazn toifasida ğoliblik uçun bahs olib boradi.

Toşkentda ilk bor taekvondo WT böyiça yoşlar örtasidagi 15-jahon çempionati bölib ötadi. Musobaqa oldidan 10 aprel kuni katta matbuot anjumani ötkazildi. Unda iştirok etgan Kun.uz muxbiri Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi raisi Şerzod Toşmatovdan musobaqaning ahamiyati va unga körilgan tayyorgarlik jarayonlari haqida söradi.

— Şerzod aka, musobaqaga tayyorgarlik jarayonlari haqida gapirib bersangiz.

— Bu musobaqa bizda ilk marotaba ötkazilyapti. Xabaringiz bor, köplab jahon çempionatlari bölib ötadi, lekin 115 ta davlat qatnaşayotgan bunday yirik turnir aynan taekvondo böyiça birinçi marta ötkazilmoqda. Biz iştirokçilarni ilk bor Olimpiya şaharçasida qabul qilamiz. Barça tayyorgarlikni körganmiz va bu borada Xalqaro federatsiyani işontirganmiz. Yangi Özbekistonda bir neçta yirik çempionatlarni ötkazganimizdan söng, taekvondo musobaqasi ham öz nufuziga ega böladi.

— 986 nafar sportçi bu juda katta körsatkiç, şundaymi?

— Ha, bu juda katta raqobat. Oxirgi marta Janubiy Koreyada bölib ötgan jahon çempionatida 570 nafar sportçi iştirok etgan edi. Hozir esa 986 ta. Bu şu sport turi dunyoda rivojlanib kelayotganini anglatadi. Özbekistondagi çempionat juda raqobatli böladi. Öylaymanki, bizning sportçilarimiz bunga tayyor. Sport vazirligi va Milliy olimpiya qömitasi tomonidan hamma şaroitlar yaratildi. Barça xalqaro va mahalliy öquv-yiğin maşğulotlari ötkazildi. Li Konstantin boşçiligida asosiy terma jamoa saralab olindi va ularga şaxsiy murabbiylar ham biriktirildi. Bu puxta tayyorgarlikka katta poydevor böladi.

— Musobaqa jarayonida yangi texnologiyalar, masalan, VAR yoki elektron tizimlar qöllanadimi?

— Albatta. Xalqaro taekvondo WT federatsiyasi tomonidan doimiy özgarişlar kiritilmoqda. Bu yangiliklar hakamlar xatosini kamaytiriş va sport turini mukammallaştirişga xizmat qiladi. Boş qismiga beriladigan zarbalar va VAR tizimi böyiça mukammalroq tizim yaratilyapti. Bu jahon çempionatidagi özgarişlar Los-Anjyeles olimpiadasiga ham tayyorgarlik vazifasini ötaydi.

— Translatsiya va muxlislarning kirişi masalasi qanday böladi?