Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘z uyida nasha ekib, yetishtirayotgan shaxs ushlandi
2017 yilning 8 avgust kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Mirobod tumani hududida Viktor Yakovenko uyida qonunga xilof ravishda 5 tup «nasha» giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026