Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rimda sayyohlar mikroavtobusi YTHga uchrashi oqibatida 18 kishi jabrlandi
Italiya poytaxti Rim janubida sayyohlar mikroavtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 18 kishi jarohat olgan, ulardan 13 nafari shifoxonaga yetkazilgan. Uch kishining ahvoli og‘ir.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi balandligi avtobus tomidan 50 sm past bo‘lgan ko‘prikka urilgan. Oqibatda avtobusning birinchi to‘rtta qatori o‘rindiqlari qo‘porilib ketgan.
Avtobusda Buyuk Britaniya va Fransiyadan 20 ga yaqin sayyoh bo‘lgan. Haydovchi ham xorijlik bo‘lib, unga zarar yetmagan. YTH sababi aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
10:26 / 11.02.2026
Yunusobodda Equinox va elektroskuter to‘qnashdi
13:30 / 08.02.2026
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
19:53 / 02.02.2026