Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salomatligingiz holatidan hikoya qiluvchi ikki raqam
Annals of Internal Medicine tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqotlar inson tanasi massasi indeksi patsiyent salomatligining haqqoniy holatini aks ettirishini aniqlashdi. Tanadagi yog‘ qatlamlarning ko‘p miqdorda bo‘lishi esa halokatli xatar keltirib chiqarishi mumkin ekan, deb yozmoqda Trendymen.
Inson beli o‘lchamining tosiga nisbati abdominal semizlikning eng yaxshi ko‘rsatkichi hisoblanadi, chunki zararli vistseral yog‘lar ichki organlarimiz atrofiga to‘plana boshlaydi. British Journal of Radiology’da e'lon qilingan oldingi tadqiqotlarga ko‘ra, vistseral yog‘lar diabet, yuqori qon bosimi, yurak kasalliklari va saraton kabi muammolarni keltirib chiqaruvchi ma'lum bir gormonlarga yo‘l ochadi.
Organizmingiz salomatligi qay darajada ekanligini bilmoqchimisiz? Shunchaki ruletkani olib, belingiz va tosingiz o‘lchamini aniqlang. Birinchi sonni ikkinchisiga bo‘ling. 0,9 va undan ko‘p chiqdimi? Demak sizda muammo bor.
Mavzuga oid
21:07 / 11.05.2026
Olimlar uzoq umr ko‘rish genini topib, umr davomiyligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi
08:53 / 06.05.2026
Yangilikka intiling – mutaxassislar uzoq umr ko‘rish sirlarini aytdi
22:09 / 03.05.2026
Vazn tashlashning kaliti - taomni zavq bilan yeyishda
21:42 / 28.04.2026