Jahon | 11:50 / 14.08.2017
3950
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada avtobus ishtirokida yana bir YTH yuz berdi, qurbonlar bor

Turkiyada avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Sabah xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, avtohalokat Anqara-Koniya trassasida ro‘y bergan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan hamda avtobus to‘ntarilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi tufayli jabrlanganlar ham bor. 

Avvalroq Turkiyada avtobus ishtirokidagi YTHda 5 kishi halok bo‘lib, 36 inson jarohat olgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid