Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 avgust kuni Toshkentda 6 ta YTH yuz berdi, 8 inson jarohatlandi
2017 yilning 13 avgust kuni Toshkent shahri hududida 6 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 8 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
2017 yilning 13 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3027 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 656 tasini qo‘pol turdagi, 30 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 13 avgust kuni jami 714 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 409 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 305 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:16
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMWda urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
12:20
YPXdan qochgan BMW'lar ishi: prokuratura sud qaroriga protest kiritdi
10:47
Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi odam urib yuborib, hodisa joyidan ketib qoldi
10:35