Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya futbolida inqilobiy o‘zgarishga tayyorlanishmoqda
Angliya premer-ligasi klublari transfer qoidalariga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph va The Times nashrlarida yozilishicha, sentabr oyida APL klublarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Ushbu yig‘ilishda Angliyada yangi mavsumning birinchi o‘yiniga qadar transferlar darchasini yopish bo‘yicha qaror qabul rejalashtirilmoqda.
Bunday qaror qabul qilinishi uchun tashabbusni klublarning ko‘pchilik qismi (2/3) qo‘llab-quvvatlashi zarur bo‘ladi.
Hozirda «Uotford» bu tashabbusga qat'iyan qarshi, «Manchester Yunayted» esa bu taklifni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
Qaror qabul qilinsa, yangi tartib keyingi mavsumdanoq hayotga tatbiq etiladi.
Hozirda transfer darichasi 31 avgust kuni, mavsum startidan 3 hafta o‘tib yopilmoqda. Bunday vaziyat esa ko‘plab murabbiylarga yoqmaydi, ular o‘tgan haftada o‘z fikrlarini o‘tgan yig‘ilishda bildirishgandi.
Mavzuga oid
21:55 / 05.06.2026
«Real» jiddiy qayta qurish davriga kirmoqda
20:34 / 15.08.2025
APLda yangi mavsum boshlanmoqda. Grandlar yozgi transferlarni qanday o‘tkazdi?
18:24 / 15.08.2025
Ikki turlicha kampaniya. «Real» va «Barsa»ning yozgi transferlari haqida
14:12 / 27.07.2025