Fan-texnika | 22:04 / 15.08.2017
8187
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Xitoylik muhandislar suvda suzuvchi energiya to‘plovchi batareyalarni kashf etishdi

Xitoyning Xuaynan shahrida insoniyat tarixida ilk bor suzuvchi quyosh batareyalari ishga tushirildi. Ayni paytda suvda harakatlanuvchi energiya manbai eski ko‘mir kon zaxirasi o‘rnida ishga tushirildi. Bu haqda China Daily nashri xabar bergan.

Nashr muxbirining yozishicha, 86 gektar suv maydonini egallagan quyosh energiyasini o‘zida to‘playdigan batareyalar umumiy hisobda 1200dan ortiqni tashkil etadi. Muhandislar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, barcha qurilmalar birgalikda 15 ming xonadondagi elektr energiyaga bo‘lgan talabni bemalol qondira oladi.

Loyihani shu sohada yetakchi bo‘lgan Xitoyning Sungrow Power Supply Co Ltd​ kompaniyasi tayyorlagan bo‘lib, suvdagi batareyalar har qanday tabiat injiqliklariga chidamkor qilib tayyorlangan. Dastlabki suzuvchi energiya manbalari 25 yil ishlatilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid