«Quyoş yordamida elektr energiyasini aholi öz ehtiyoji uçun işlab çiqarganda qandaydir qöşimça soliqqa tortiladi, degan gap-sözni çiqarişning özi bu – davlat siyosatiga qarşi ketiş. Heç qanday soliqqa tortilmaydi. Heç qanday qöşimça tölovlar yöq.

Qöşimça sifatida aytişim mumkinki, mana şunday texnologiyalarni olib kiriş, işlab çiqariş va sotişda davlat tomonidan bir qator çegirma va preferensiyalar berilgan. Tannarxini pastroq uşlaş uçun, aholi orasida yoyilişi kölamini kengaytiriş maqsadida.

Yana bir bor aytaman: heç qanday soliq va tölovlar yöq», deya Şerzod Xöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.