Şveytsariyalik paraşyutçi Rafael Domyan dunyoda birinçi bölib quyoş batareyalarida işlovçi samolyotdan paraşyutda sakradi. Bu haqda Swissinfo.ch naşri xabar berdi.

Samolyot bortida şuningdek uçuvçi Migel Iturmendi ham bölgan. Samolyot Şveytsariyaning ğarbida joylaşgan Payyern şahridagi aerodromdan havoga kötarilib, 1538 metr balandlikka çiqqan va 100 km/soat tezlikka erişgan.

Domyan samolyotdan sakragaç, paraşyutni belgilangan vaqtda oçişga va Payyerndagi aerodromga qaytişga ulgurgan. Sakraş vaqtida uning tezligi 150 km/soatgaça yetgan.

Aerodromda Domyanni uçuvçi Bertran Pikkar kutib olgan. Pikkar 2016 yilda quyoş batareyalarida işlovçi samolyotda dunyo atrofida sayohatni amalga oşirgan.

“Samolyot quyoş batareyalaridan olinuvçi energiya yordamida havoga kötarildi. Biz bu samolyotdan birinçi marta paraşyutda sakradik. Fikrimça, uşbu urinişimiz paraşyut sporti kelajagini özgartirib yuboradi”, deb aytgan Domyan.

8,5 metr uzunlikka ega, qanotlari quloçi 24,8 metrga yetuvçi samolyotning oğirligi 450 kgni, quyoş batareyalari egallaydigan maydon 22 kvadrat metrni taşkil qiladi.

SolarStratos loyihasi 2014 yilda quyoş panellaridan işlovçi samolyotlarda tijoriy parvozlarni amalga oşiriş maqsadida taşkil etilgan. Loyiha jamoasi 2022 yilda samolyotni 25 ming metr balandlikka kötarib, stratosferaga çiqarişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.